AI-sotuvchi

Mijozga soniyada javob beradigan AI-sotuvchi

Chatla AI-sotuvchisi Instagram izohlari, Direct va Telegram xabarlariga sutkasiga 24 soat javob beradi. Javob faqat siz bergan ma’lumotdan — katalog, tasdiqlangan bilim bazasi va biznes profilidan olinadi. Manbada javob bo‘lmasa, AI to‘qimaydi: mijozga menejer bog‘lanishini aytadi va savolni sizga Telegram orqali yuboradi.

Javob qanday tayyorlanadi

  1. 1

    Savol turi aniqlanadi

    Narx, mavjudlik, yetkazib berish, shikoyat yoki oddiy salom — har biri o‘z yo‘lidan ketadi.

  2. 2

    Dalil topiladi

    Narx va mahsulot katalogdan, qolgan faktlar bilim bazasidan qidiriladi.

  3. 3

    Javob yoziladi va tekshiriladi

    Javobdagi har bir summa katalog narxi bilan kod orqali solishtiriladi. Mos kelmasa javob qayta yoziladi, yana mos kelmasa suhbat operatorga o‘tadi.

Bilim bazasi o‘zi yig‘iladi

Instagram ulanganda Chatla bio, sayt, oxirgi postlar va Direct yozishmalaringizni o‘qib, takroriy savol-javoblar, narxlar va biznes faktlarini taklif qiladi. Faqat biznesning o‘zi yozgan javoblar olinadi, mijoz xabari fakt deb hisoblanmaydi. Har bir bandni siz tasdiqlaysiz — AI faqat tasdiqlanganidan foydalanadi. Yozishmalarning o‘zi saqlanmaydi.

Bilimni qo‘lda ham qo‘shasiz: matn, savol-javob, katalog. ChatGPT yoki Claude ulangan bo‘lsa, narxlar ro‘yxatini AI’ga tashlab, katalogni o‘sha yerdan to‘ldirasiz.

Operatorga uzatish

  • AI javob topa olmasa, mijoz odam bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, shikoyat yoki keskin ohang sezilsa suhbat operatorga o‘tadi.
  • Sizga @chatlauzbot orqali savol matni bilan Telegram xabar keladi, Inbox’da esa «Operator kerak» belgisi chiqadi.
  • Telegram xabariga javob yozsangiz, javob mijozga ketadi va bilim bazasiga qoralama bo‘lib tushadi.

Tillar va media

  • Mijoz qaysi tilda yozsa, o‘sha tilda javob beradi: o‘zbek (lotin va kirill) va rus.
  • Ochiq izohda javob qisqa bo‘ladi, batafsil ma’lumot Direct’da beriladi.
  • Ovozli xabarni matnga aylantirish va rasmni tushunish — Biznes tarifida.

Ko‘p so‘raladigan savollar

AI narxni o‘ylab topmaydimi?

Yo‘q. Javobdagi har bir summa katalogdagi narx bilan kod orqali tekshiriladi. Katalogda yo‘q summa chiqsa, javob qayta yoziladi yoki suhbat sizga o‘tadi.

AI bilmagan savolga nima qiladi?

Javob to‘qimaydi. Mijozga menejer tez orada bog‘lanishini aytadi va savolni sizga Telegram’da yuboradi.

Ovozli xabarlarni tushunadimi?

Ha, Biznes tarifida: ovoz matnga aylantiriladi, rasm tavsiflanadi va AI shunga javob beradi.

Qaysi tarifda AI javob beradi?

AI javoblar Pro tarifdan boshlanadi; Bepul tarifda AI yo‘q, lekin izoh → Direct avtomatikasi va Inbox ishlaydi.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ