Yozishmalar va lidlar bitta joyda
Chatla Instagram Direct, izohlar va Telegram yozishmalarini bitta Inbox’ga yig‘adi, har suhbatni CRM’dagi mijoz kartasiga bog‘laydi va lidlarni voronka bo‘yicha boshqarishga imkon beradi. Inbox, CRM va analitika barcha tariflarda, jumladan Bepul tarifda ham ochiq; amoCRM ishlatsangiz, lidlar u yerga avtomatik ketadi.
Yagona Inbox
- Instagram va Telegram bitta ro‘yxatda: holat (faol, operatorda, hal qilindi, yopildi) va teglar bilan.
- Istalgan suhbatni AI’dan o‘zingizga olasiz va qaytarasiz.
- AI taklif qilgan javobni bir bosishda yuborasiz; noto‘g‘ri AI javobini belgilasangiz, u sifat nazoratiga tushadi.
- Operator javobini bilim bazasiga saqlaysiz — keyingi safar AI o‘zi javob beradi.
O‘rnatilgan CRM
- Mijozlar kanallar bo‘yicha birlashtiriladi; telefon raqami yozishmadan avtomatik olinadi.
- Bitimlar voronkasi: kompyuterda Kanban, telefonda ro‘yxat; summa, yutish va yutqazish sababi, takroriy bitimlar.
- Vazifalar: qo‘ng‘iroq, uchrashuv, xabar — muddat Toshkent vaqti bo‘yicha, «Bajarildi → keyingi vazifa» oynasi bilan.
- Eslatmalar shaxsiy Telegram’ga, panelga va jamoa Telegram guruhiga keladi.
- Faoliyat tarixi, sotuv hisoboti va CSV eksport.
Jamoa va rollar
Xodimlarni Gmail yoki Telegram username orqali taklif qilasiz. Rollar: Egasi, Admin va «Sotuv operatori». Sotuv operatori faqat Chatlar, Mijozlar va Vazifalarni ko‘radi — va faqat faol lidlarni; sozlamalar, to‘lov, eksport va o‘chirish unga yopiq. Cheklov serverda tekshiriladi.
amoCRM integratsiyasi
- Bir yo‘nalishli: Chatla lidni amoCRM’ga yuboradi — ism, telefon yoki email, Instagram username, «Chatla» tegi, suhbatga havola va suhbat xulosasi izoh sifatida.
- amoCRM’dan faqat bosqich qaytadi va Chatla’da ko‘rsatiladi; bosqichlar moslashuvini o‘zingiz sozlaysiz.
- Lid «Неразобранное» ga yoki tanlangan voronka, bosqich va mas’ulga tushadi.
- Ulash: CRM → Integratsiyalar, amoCRM subdomeni va uzoq muddatli token. Token shifrlangan holda saqlanadi.
- Bitrix24 integratsiyasi tez orada.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Instagram va Telegram uchun alohida ilova kerakmi?
Yo‘q. Ikkala kanal yozishmalari bitta Inbox ro‘yxatida turadi.
Sotuvchiga cheklangan kirish bersa bo‘ladimi?
Ha, «Sotuv operatori» roli: faqat faol lidlar, chatlar va vazifalar; sozlamalar va eksport yopiq.
amoCRM’da o‘zgartirsam, Chatla’ga qaytadimi?
Faqat bitim bosqichi qaytadi va ko‘rsatiladi. Sinxron bir yo‘nalishli: Chatla → amoCRM.
Bitrix24 bilan ishlaydimi?
Hozircha yo‘q — Bitrix24 integratsiyasi tez orada. Bugun amoCRM ulanadi.