Telegram botingizga AI-sotuvchi
Chatla’ga BotFather tokeni bilan o‘z Telegram botingizni ulaysiz — bot mijozlarga Instagram’dagi kabi katalog va bilim bazasi asosida javob beradi, guruhda faqat aniq savollarga javob qaytaradi va yangi lidlarni jamoangizning Telegram guruhiga karta qilib yuboradi. Telegram yozishmalari Instagram bilan bitta Inbox’da turadi.
Botda AI javob
- 1
Botni ulaysiz
@BotFather’dan olingan tokenni Chatla’ga qo‘yasiz. Har loyihaga bitta bot ulanadi.
- 2
Bilimni ulashadi
Bot Instagram bilan bir xil katalog, bilim bazasi va qoidalardan foydalanadi — ikki joyda alohida sozlash kerak emas.
- 3
Javoblar ketadi
AI javob beradi, bilmagan savolni operatorga uzatadi; /start, buyruqlar va kalit so‘zlar uchun avtomatikalar ham bor.
Guruhlarda AI
Botingiz guruhga qo‘shilsa, u faqat aniq savollarga — narx, ro‘yxat, FAQ, buyurtma yoki yozilish niyatiga — javob beradi va oddiy gaplarga aralashmaydi. Shikoyat yoki «odam bilan gaplashmoqchiman» degan xabarda ochiq javob bermaydi, sizga xabar beradi.
- Bitta guruhda soatiga ko‘pi bilan 30 ta javob.
- Bitta odamga kuniga ko‘pi bilan 5 ta javob.
Lidlar jamoa guruhiga
Jamoangizning Telegram guruhini Chatla’ga bir martalik kod bilan ulaysiz. Yangi lid va operator kerak bo‘lgan suhbat guruhga holat tugmalari va «Menga biriktir» tugmasi bilan karta bo‘lib tushadi, har kuni xulosa keladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Bot guruhda spam qilmaydimi?
Yo‘q. U faqat savollarga javob beradi, oddiy suhbatga aralashmaydi va soatlik hamda kunlik cheklovga ega.
Telegram uchun bilimni qayta kiritish kerakmi?
Yo‘q. Telegram bot Instagram bilan bir xil katalog va bilim bazasidan foydalanadi.
Bot qaysi tarifda ishlaydi?
Bot ulash barcha tariflarda bor; AI javoblar Pro tarifdan boshlanadi.