Chatla’ni tavsiya qiling — pul ishlang
Chatla’dagi har bir akkaunt shaxsiy havola oladi. Havola orqali kelgan odam Instagram’ini ulasa — sizga 10 000 so‘m, birinchi tarifini sotib olsa — to‘lovning 30%. Pul hamyoningizga tushadi: tarifga ishlating yoki kartaga yeching.
Dastur tez orada ochiladi.
Qanday ishlaydi
- 1
Havolani oling
Ro‘yxatdan o‘ting va «Do‘stlarni taklif qiling» bo‘limidan shaxsiy havolangizni nusxalang.
- 2
Ulashing
Instagram, Telegram yoki istalgan joyda ulashing — tayyor matn ham bor.
- 3
Mukofot oling
Taklif qilingan odam Instagram’ini ulasa — 10 000 so‘m, birinchi tarif to‘lovidan — 30%.
- 4
Ishlating yoki yeching
Mukofot 7 kundan keyin hamyonga tushadi: tarif to‘lovida ishlating yoki 100 000 so‘mdan kartaga yeching.
Shartlar
- Faqat havola orqali YANGI ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlar hisoblanadi; birinchi bosilgan havola yutadi.
- 10 000 so‘m — taklif qilingan odam Chatla’ga avval hech qachon ulanmagan Instagram akkauntini ulaganda. Telegram bot ulash hisoblanmaydi.
- 30% — birinchi tarif to‘lovidan, bir marta: Payme yoki Click orqali haqiqatan to‘langan summadan. Sinov davri, hamyondan to‘langan tarif va karusel tokenlari hisoblanmaydi.
- O‘zingizni taklif qilish (o‘sha telefon yoki akkaunt) hisoblanmaydi.
- Mukofot 7 kun kutishdan keyin hamyonga tushadi. Shu vaqt ichida to‘lov bekor qilinsa, mukofot ham bekor bo‘ladi.
- Taklif qilingan odam hech qanday bonus yoki chegirma olmaydi — u oddiy narxda foydalanadi.
Hamyon
- Tarifga ishlatish — to‘lov oynasida «Balansdan ishlatish»: hamyon to‘liq yoki qisman qoplaydi.
- Kartaga yechish — hamyonda 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lsa, Uzcard, Humo yoki Visa kartaga so‘rov yuboriladi. Karta raqami shifrlangan holda saqlanadi.
Savol-javob
Taklif qilish uchun tarif sotib olishim shartmi?
Yo‘q. Har qanday Chatla akkaunti havola oladi, bepul tarifdagilar ham.
Mukofot qachon hamyonga tushadi?
7 kundan keyin. Shu davrda to‘lovlar bekor qilinmasligi tekshiriladi.
Pulni qanday olaman?
Hamyonda 100 000 so‘m yig‘ilgach «Kartaga yechish» so‘rovini yuborasiz; pul o‘tkazilgach xabar keladi. Yoki pulni tarif to‘lovida ishlatasiz.
Do‘stim havolasiz ro‘yxatdan o‘tsa-chi?
Unda u sizga biriktirilmaydi. Biriktirish faqat havola orqali yangi akkaunt ochilganda yoziladi.