Instagram avtomatlashtirish

Izohga avtomatik Direct va kalit so‘z boti

Chatla Instagram’da kimdir Reels yoki post ostiga kalit so‘z yozsa, unga avtomatik Direct xabar yuboradi: havola, katalog yoki sovg‘a material bilan. Izoh ostiga ochiq javob ham qoldiradi, kerak bo‘lsa obunani tekshiradi. Bu avtomatika barcha tariflarda, jumladan Bepul tarifda ham cheksiz ishlaydi va Meta’ning rasmiy API’si orqali ulanadi.

Izoh → Direct qanday ishlaydi

  1. 1

    Postni tanlaysiz

    Reels va postlar rasmlari ro‘yxatidan avtomatika ishlaydigan postlarni belgilaysiz. Standart holatda faqat tanlangan postlar ishlaydi.

  2. 2

    Kalit so‘zni yozasiz

    Masalan «narx». Chatla so‘zni ma’no bo‘yicha taniydi: «narxi», «нарх», apostrofli va xato yozilgan shakllar ham hisobga olinadi.

  3. 3

    Xabar va havolani qo‘shasiz

    Direct xabariga tugma-havola, rasm, video yoki ovozli xabar qo‘shiladi. Izoh ostidagi ochiq javob 5 ta variantdan navbat bilan tanlanadi — bir xil matn takrorlanmaydi.

Havola bosilgani kuzatiladi: qaysi post qancha odamni saytga yoki katalogga olib kelganini ko‘rasiz.

Kalit so‘z boti

Bot Direct’dagi xabarga, izohga yoki ikkalasiga javob beradi: istalgan xabarga yoki faqat kalit so‘zga. Ketma-ketlik oddiy — salom (rasm bilan), xohlasangiz obuna tekshiruvi, keyin havola.

  • «Havolani bosishni eslatish» — odam havolani ochmagan bo‘lsagina yuboriladi.
  • «Keyingi xabar» — havola bosilgandan keyin belgilangan vaqtda (1 daqiqadan 24 soatgacha) yuboriladi.
  • Sozlash bitta ekranda, telefon ko‘rinishidagi jonli ko‘rib chiqish bilan.

Obuna tekshiruvi (ixtiyoriy)

Material yuborishdan oldin bot odamdan sahifangizga obuna bo‘lishni so‘raydi va obunani tugma bosilgandan keyin haqiqatan tekshiradi. Instagram obuna holatini faqat odam biznesga yozgandan yoki tugmani bosgandan keyin ko‘rsatadi — shuning uchun tekshiruv aynan shu paytda ishlaydi.

  • Bir odamga bitta qoida bo‘yicha ko‘pi bilan 2 ta eslatma, keyin suhbat Inbox’ga o‘tadi.
  • Matn ayblamaydi: «obuna bo‘lmagansiz» degan so‘z ishlatilmaydi.
  • Bu ixtiyoriy: obuna sharti konversiyani kamaytirishi mumkin, shuning uchun uni o‘zingiz yoqasiz.

Story javoblari va eslatmalar

Kimdir Story’ingizga javob yozsa (kalit so‘z bilan yoki so‘zsiz) yoki o‘z Story’sida sizni belgilasa, Chatla siz yozgan xabarni yuboradi. Belgilaganlarga minnatdorchilik bir odamga 7 kunda ko‘pi bilan bir marta ketadi.

Direct menyu va tezkor savollar

  • Doimiy menyu — 5 tagacha band: havola yoki «savol». Savol bosilsa, mijoz uni o‘zi yozgandek ishlaydi: qoida yoki AI javob beradi.
  • Tezkor savollar (ice breakers) — 4 tagacha; Instagram ularni mobil ilovada ko‘rsatadi.
  • Birinchi marta yozgan odamga salomlashish xabari.

Meta cheklovlari — oldindan bilish kerak

  • Instagram Professional akkaunt kerak: Biznes yoki Creator — ikkalasi ham ishlaydi.
  • Bitta izohga bitta shaxsiy Direct javob beriladi (Meta qoidasi).
  • Bitta akkauntdan soatiga 190 tagacha Direct va 60 tagacha ochiq izoh-javob.
  • Mijozning oxirgi xabaridan keyin 24 soat ichida yozish mumkin.
  • Instagram’ning veb-versiyasi tugmalarni ko‘rsatmaydi, shuning uchun havola matn ichida ham turadi.
  • Yangi obunachiga avtomatik salom yuborib bo‘lmaydi — Instagram buning uchun signal bermaydi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Izoh → Direct avtomatikasi pullikmi?

Yo‘q. U AI ishlatmaydi, shuning uchun barcha tariflarda, jumladan Bepul tarifda ham cheksiz. AI javob qadami qo‘shilsa, u pullik tarif talab qiladi.

Creator akkaunt bilan ishlaydimi?

Ha. Instagram Professional akkauntning ikkala turi — Biznes ham, Creator ham ulanadi.

«narx», «narxi» va «нарх» — har biri uchun alohida so‘z yozish kerakmi?

Yo‘q. Chatla kalit so‘zni ma’no bo‘yicha taniydi: lotin va kirill, apostrof va kichik xatolar bir so‘z bilan qamraladi.

Instagram akkauntimni bloklamaydimi?

Chatla Meta App Review tasdiqlagan rasmiy API orqali ishlaydi va Meta cheklovlari doirasida yuboradi. Parolingiz so‘ralmaydi.

Yangi obunachiga salom yuborsa bo‘ladimi?

Yo‘q, Instagram yangi obuna haqida xabar bermaydi. Buning o‘rniga Direct menyu va birinchi xabarga salomlashishdan foydalaning.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ