Chatla’ni ChatGPT va Claude’dan boshqaring
Chatla MCP-serveri ChatGPT, Claude va boshqa MCP-mos AI ilovalarni Chatla akkauntingizga ulaydi. Ulangan AI suhbatlarni o‘qiydi, lidlarni boshqaradi, katalog va bilim bazasini to‘ldiradi, javob qoralamalarini tayyorlaydi — mijozlarga esa o‘zi hech narsa yubormaydi.
MCP nima va u nima beradi
MCP (Model Context Protocol) — AI ilovalarni tashqi xizmatlarga ulashning ochiq standarti. Chatla uni qo‘llab-quvvatlaydi: ChatGPT yoki Claude suhbatida oddiy tilda yozasiz, masalan «bugun qaysi suhbatlar operatorni kutyapti?», va AI javobni Chatla’dagi haqiqiy ma’lumotlaringizdan oladi.
Eng katta foyda — sozlash vaqtini tejash. Narxlar ro‘yxatini, PDF yoki sayt matnini AI’ga tashlaysiz, u katalog va savol-javoblarni o‘zi yozadi; siz faqat tasdiqlaysiz.
Server manzili
https://chatla.uz/api/mcpClaude’ga ulash — 7 qadam
Free, Pro, Max, Team va Enterprise tariflarida ishlaydi (Free'da bitta connector). Brauzer, Desktop va mobil ilovada bir xil.
- 1
Sozlamalar → Connectors
Claude'da Settings → Connectors bo'limini oching, o'ng tepadagi «Add» tugmasini bosing va «Add custom connector» ni tanlang.

- 2
Nom va manzilni kiriting
Birinchi maydonga «Chatla», ikkinchisiga yuqorida nusxa olgan manzilni qo'ying. OAuth maydonlari bo'sh qolsin — «Add» bosing.

- 3
«Connect» tugmasi
Chatla kartasi ochiladi va «You are not connected to Chatla yet» deb turadi. «Connect» ni bosing.

- 4
Loyihani tanlang
Chatla oynasi ochiladi: Claude nimalarni qila olishi yozilgan. Loyihani belgilab «Ulash» ni bosing.

- 5
Tayyor — 49 amal
Ro'yxatda barcha amallar chiqadi. «Needs approval» — Claude har amaldan oldin sizdan so'raydi; ishonchli amallarni keyinroq avtomatga o'tkazsangiz bo'ladi.

- 6
Suhbatda tekshiring
Yangi suhbatda xabar maydonidagi «+» tugmasi → «Connectors» → Chatla yoqilgan turibdimi, ko'ring.

- 7
Birinchi so'rov
Endi oddiy tilda yozing — masalan: «Chatla'dagi biznes profilimni ko'rsat, yetishmayotgan joylarini mendan so'ra va to'ldirib qo'y».

ChatGPT’ga ulash — 8 qadam
Avval developer rejimini yoqish kerak — u yoqilmasa custom connector qo'shish oynasi ko'rinmaydi. Tarif talabi OpenAI tomonida o'zgarib turadi.
- 1
Sozlamalar → Plugins
ChatGPT sozlamalarida «Plugins» («Плагины») bo'limini oching.

- 2
Developer rejimini yoqing
«Developer mode» («Режим разработчика») → tugmachani yoqing. Ogohlantirish chiqadi — u OpenAI tekshirmagan connectorlar haqida.

- 3
Yangi plagin qo'shing
Plugins sahifasida o'ng tepadagi «+» tugmasini bosing.

- 4
Nom, manzil, OAuth
Nomga «Chatla», «URL-адрес сервера» maydoniga manzilni qo'ying, autentifikatsiya — «OAuth». Pastdagi rozilik katagini belgilab «Создать» ni bosing.

- 5
«Войти через Chatla»
Chatla'ni ChatGPT'ga qo'shish oynasi chiqadi — «Войти через Chatla» tugmasini bosing.

- 6
Loyihani tanlang
Chatla oynasida loyihani belgilab «Ulash» ni bosing.

- 7
Tayyor
Plagin sahifasida «Подключение: Chatla» ko'rinadi. Ruxsatlarni shu yerdan boshqarasiz.

- 8
Suhbatda chaqiring
Xabar maydoniga «@chatla» deb yozing, ro'yxatdan Chatla'ni tanlang va so'rovingizni yozing.

Eng ko‘p ishlatiladigan amallar
Katalogni to'ldirish
Narx ro'yxati, PDF yoki rasmdan mahsulotlar qoralamasi.
upsert_catalog_itemBilim bazasi
Savol-javob mavzularini yozadi va tartibga soladi.
add_topicsBiznes profili
Yetishmayotgan ma'lumotni so'rab, o'zi to'ldiradi.
update_business_profileSuhbat tahlili
AI qayerda qoqilganini topadi, tuzatishni taklif qiladi.
get_ai_reportLidlar
Yangi mijozlarni ko'rsatadi, statusini yangilaydi.
update_lead_statusJavob qoralamasi
Inbox'ga qoralama qoldiradi — yuborishni siz hal qilasiz.
draft_replyBarcha 49 ta amal
Har bir amal faqat siz tanlagan loyiha ma’lumoti bilan ishlaydi. «Yozadi» belgisi — amal Chatla’dagi ma’lumotni o‘zgartiradi.
Loyiha va biznes profili
list_projectsget_business_profileupdate_business_profileyozadilist_channels
Suhbatlar (Inbox)
list_conversationsget_conversationsummarize_conversationdraft_replyyozadiset_conversation_statusyozaditag_conversationyozadi
Mijozlar va CRM
list_contactsget_contactcreate_contactyozadiupdate_lead_statusyozadilist_contact_factsconfirm_factyozadiarchive_factyozadiget_funnel
Bilim bazasi va katalog
list_topicsadd_topicsyozadiupdate_topicyozadiset_topic_statusyozadidelete_topicsyozadilist_knowledgeadd_knowledgeyozadiupdate_knowledgeyozadilist_catalogupsert_catalog_itemyozadi
AI qoidalari va sifat
get_ai_rulesupdate_ai_rulesyozaditest_ai_replyget_ai_reportflag_ai_replyyozadi
Instagram Reels avtomatikasi
list_reelsget_reel_commentslist_reel_automationscreate_reel_automationyozadiupdate_reel_automationyozadi
Telegram kanal postlari (qoralama)
list_contentlist_publish_channelslist_telegram_postsget_telegram_postcreate_telegram_postyozadiupdate_telegram_postyozadidelete_telegram_postyozadi
Analitika va hisob
get_analyticsget_ai_usageget_balanceget_subscription
Tayyor so‘rovlar
- Mana narxlar ro'yxatim. Chatla katalogimga qo'sh: nom, tavsif, narx, kategoriya. Avval ro'yxatni menga ko'rsat, tasdiqlaganimdan keyin qo'sh.
- Chatla'dagi biznes profilimni ko'rsat, yetishmayotgan joylarini mendan so'ra va to'ldirib qo'y.
- Saytim matnidan mijozlar tez so'raydigan 20 ta savol-javobni chiqarib, bilim bazamga mavzu qilib qo'sh.
- Oxirgi 7 kunlik suhbatlarni ko'r: AI qayerda javob bera olmagan? Nima qo'shish kerakligini ayt va qo'sh.
- Bugungi yangi lidlarni ko'rsat, har biriga qisqa xulosa yoz va statusini yangila.
- Javobsiz suhbatlarga javob qoralamasi tayyorla — yuborma.
Nimaga ruxsat berasiz
- Ulangan ilova faqat siz ruxsat bergan loyiha ma’lumotini ko‘radi.
- Mijozlarga hech narsa yubormaydi va hech narsa nashr qilmaydi — javob Inbox’da qoralama bo‘lib qoladi.
- Suhbatlarda mijoz ismi niqoblangan; ochiq ism faqat Mijozlar bo‘limida.
- Ulanishni istalgan payt uzasiz — kalitlar shu zahoti o‘chadi.
Xuddi shu manzil har qanday MCP-mos ilovada ishlaydi — Claude Desktop, Cowork, MCP Inspector va boshqalar. Qadamlar o'xshash: ilovaning connector bo'limiga manzilni qo'yasiz, ochilgan Chatla oynasida loyihani tanlaysiz. Xavfsizlik qoidalari bir xil.
Qaysi tarifda bor
MCP ulanishi Pro va Biznes tariflarida mavjud. Tarifni loyiha bo‘yicha tanlaysiz.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Chatla MCP qaysi AI ilovalar bilan ishlaydi?
Claude (brauzer, Desktop va mobil ilova), ChatGPT (developer rejimi orqali) va MCP standartini qo‘llaydigan boshqa ilovalar bilan. Manzil hamma joyda bir xil: https://chatla.uz/api/mcp.
AI mijozlarimga o‘zi xabar yuboradimi?
Yo‘q. Javob Inbox’da qoralama bo‘lib qoladi, yuborishni siz tasdiqlaysiz. AI yaratgan Telegram postlar ham faqat qoralama.
Ulanish xavfsizmi?
Ulanish OAuth orqali: parol berilmaydi, AI faqat siz ruxsat bergan loyihani ko‘radi, suhbatlarda mijoz ismi niqoblanadi. Ulanishni istalgan payt kabinetdan uzasiz — kalitlar shu zahoti o‘chadi.
Bir nechta loyihani bitta ulanish bilan boshqarsa bo‘ladimi?
Ha. Ruxsat oynasida «Barcha loyihalarim» ni tanlasangiz, bitta ulanish hamma loyihalaringizni ko‘radi va har so‘rovda kerakli loyihani nomi bilan ko‘rsatasiz.
MCP qaysi tarifda bor?
Pro va Biznes tariflarida. Tarif ruxsat bermasa, AI ilova ulanishni tasdiqlay olmaydi.