Qo‘llanma

ChatGPT va Claude’ni MCP orqali ulash

MCP (Model Context Protocol) — ChatGPT, Claude kabi AI ilovalarni tashqi xizmatlarga ulashning ochiq standarti. Biznes uchun bu shuni anglatadi: AI suhbatida oddiy tilda «bugun qaysi mijozlar javob kutyapti?» deb so‘raysiz va javob Chatla’dagi haqiqiy ma’lumotingizdan keladi. Ulash uchun AI ilovasining connector bo‘limiga Chatla manzilini (https://chatla.uz/api/mcp) qo‘yasiz va Chatla oynasida loyihani tanlaysiz — parol yoki kalit nusxalash kerak emas. Chatla MCP Pro va Biznes tariflarida bor.

MCP biznesga nima beradi

  • Sozlashni tezlatadi: narxlar ro‘yxati, PDF yoki sayt matnini AI’ga tashlaysiz — u katalog va savol-javoblarni yozadi, siz tasdiqlaysiz.
  • Kunlik nazorat: «operator kutayotgan suhbatlarni ko‘rsat», «bu hafta nechta lid keldi».
  • Javob qoralamasi: AI mijozga javobni tayyorlaydi, lekin yubormaydi — u Inbox’da qoralama bo‘lib turadi.

Claude’ga ulash

  1. 1

    Settings → Connectors

    Claude’da Settings → Connectors bo‘limini oching, «Add» → «Add custom connector».

  2. 2

    Nom va manzil

    Nom — «Chatla», manzil — https://chatla.uz/api/mcp. OAuth maydonlari bo‘sh qolsin.

  3. 3

    Connect va loyiha

    «Connect» ni bosing, ochilgan Chatla oynasida loyihani belgilab «Ulash» ni bosing.

  4. 4

    Sinab ko‘ring

    Yangi suhbatda yozing: «Chatla’dagi biznes profilimni ko‘rsat va yetishmayotgan joylarini to‘ldirishga yordam ber».

ChatGPT’ga ulash

  1. 1

    Developer rejimi

    ChatGPT sozlamalarida plaginlar bo‘limini oching va developer rejimini yoqing — usiz custom connector qo‘shib bo‘lmaydi.

  2. 2

    Yangi connector

    Nom — «Chatla», server manzili — https://chatla.uz/api/mcp, autentifikatsiya — OAuth.

  3. 3

    Chatla orqali kirish

    «Chatla orqali kirish» ni bosing va loyihani tanlang.

  4. 4

    Suhbatda chaqiring

    Xabar maydoniga «@chatla» deb yozing va so‘rovingizni bering.

AI ilovalarining menyu nomlari o‘zgarib turadi; joriy qadamlar skrinshotlar bilan Chatla kabinetida va /mcp sahifasida.

AI nimaga ruxsat oladi

  • Faqat siz tanlagan loyiha ma’lumoti.
  • Mijozlarga hech narsa yubormaydi va nashr qilmaydi — javoblar faqat qoralama.
  • Suhbatlarda mijoz ismi niqoblangan.
  • Ulanishni istalgan payt uzasiz — kalitlar darhol o‘chadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

MCP bepul tarifda bormi?

Yo‘q, Chatla MCP Pro va Biznes tariflarida. AI ilovasining o‘z tarif talablari ham bo‘lishi mumkin.

AI mijozlarimga o‘zi yozib yuboradimi?

Yo‘q. MCP orqali tayyorlangan javob Inbox’da qoralama bo‘lib qoladi, yuborishni siz yoki menejer qiladi.

Bir nechta biznesim bor — har biriga alohida ulaymanmi?

Yo‘q, bitta ulanish bilan bir nechta loyihani boshqarasiz; dostup va tarif har amalda tekshiriladi.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ