Direct’ga tez javob — sotuvning yarmi
Instagram’da mijoz odatda bir vaqtda bir nechta sahifaga «narxi qancha?» deb yozadi va birinchi aniq javob bergan sahifadan sotib oladi. Javob kechiksa, u allaqachon boshqa joyda bo‘ladi, 24 soat o‘tsa esa Instagram unga birinchi bo‘lib yozishga ham ruxsat bermaydi. Javobni sekinlashtiradigan narsalar ma’lum: tun va dam olish kunlari, reklama paytidagi oqim va bir xil savollarga qayta-qayta yozish. Ularning har biriga yechim bor.
Javobni nima sekinlashtiradi
- Tun, dam olish kunlari va bayram — mijoz yozadi, javob ertalab.
- Reklama yoki viral Reels — bir soatda yuzlab xabar, menejer ulgurmaydi.
- Takroriy savollar — «narx», «bormi», «manzil» har kuni o‘nlab marta; har biriga qo‘lda yozish vaqt oladi.
- Narxni qidirish — menejer jadvaldan yoki xotiradan izlaydi, ba’zan xato aytadi.
Qanday tezlatish mumkin
- 1
Ko‘p so‘raladigan javoblarni tugmaga chiqaring
Direct menyu va tezkor savollar: «Narxlar», «Yetkazib berish», «Manzil». Mijoz bosadi — javob darhol.
- 2
Izohlarni Direct’ga o‘tkazing
Reels ostida «narx» yozganlarga avtomatik Direct — ochiq izohda narx raqobatchilarga ko‘rinmaydi, mijoz esa javobni soniyalarda oladi.
- 3
Takroriy savollarni AI’ga bering
AI katalog va bilim bazasidan javob beradi, narxni katalog bilan tekshiradi. Javobi bo‘lmagan savolni menejerga uzatadi.
- 4
Raqamni birinchi suhbatda oling
24 soatdan keyin Instagram’da birinchi bo‘lib yozib bo‘lmaydi — telefon raqami bilan menejer keyin ham bog‘lanadi.
Odam qayerda kerak
Tez javob — odamni olib tashlash degani emas. Murakkab savol, e’tiroz, chegirma va shikoyatni odam yaxshiroq hal qiladi. To‘g‘ri tizim: oddiy savollarga avtomatika va AI darhol javob beradi, qolganini menejerga signal bilan uzatadi. Chatla’da bunday suhbat Inbox’da «Operator kerak» deb belgilanadi va menejerga Telegram’da xabar keladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
AI javobi mijozga «robot» bo‘lib ko‘rinmaydimi?
Javob sizning ma’lumotingiz va uslubingizdan tuziladi, mijoz tilida (o‘zbek yoki rus). Murakkab yoki keskin suhbat odamga o‘tadi.
Tez javob uchun AI shartmi?
Yo‘q. Direct menyu va izohga avtomatik Direct AI’siz ishlaydi va Chatla’da Bepul tarifda ham cheksiz. AI esa erkin yozilgan savollarga javob berish uchun kerak.
Kechasi kelgan xabarlarga nima bo‘ladi?
Avtomatika va AI sutkasiga 24 soat javob beradi. Ish vaqtidan tashqarida nima deyish kerakligini bilim bazasiga yozasiz.