Instagram Direct cheklovlari
Instagram’da biznes Direct’ga avtomatik xabarni faqat Meta qoidalari doirasida yubora oladi: mijozning oxirgi xabaridan keyin 24 soat ichida, bitta akkauntdan soatiga 190 tagacha, har izohga bitta shaxsiy javob. Yangi obunachiga avtomatik yozib bo‘lmaydi, ommaviy xabar esa faqat oldin yozgan odamlarga va shu 24 soat ichida mumkin. Bu qoidalarni bilish avtomatikani to‘g‘ri qurish va akkauntni xavfsiz saqlash uchun kerak.
24 soatlik oyna
Mijoz sizga Direct’da yozgan yoki xabardagi tugmani bosgan paytdan boshlab 24 soat ichida unga istalgan xabar yuborish mumkin. Izohning o‘zi oynani ochmaydi: izohga faqat bitta shaxsiy javob beriladi. 24 soat o‘tgach, u yana yozmaguncha birinchi bo‘lib yozib bo‘lmaydi.
- Telefon raqamini birinchi suhbatdayoq oling — ertaga eslatma yuborib bo‘lmasligi mumkin.
- «Ertaga javob beraman» o‘rniga darhol javob bering: kechasi va dam olish kunlari ham.
- Kechikkan mijozga Direct’da emas, telefon orqali bog‘laning.
Soatiga 190 ta Direct
Bitta Instagram akkauntidan soatiga 190 tagacha Direct yuboriladi, izoh ostidagi ochiq javoblar esa soatiga 60 tagacha. Reklama yoki viral Reels paytida oqim bundan oshsa, limitdan ortiq xabar yuborilmaydi. Chatla limitni buzmaydi: bunday suhbatlarni Inbox’da belgilaydi va sizga Telegram’da xabar beradi — ularga keyinroq qo‘lda javob berasiz.
Nima qilib bo‘lmaydi
- Yangi obunachiga avtomatik salom — Instagram yangi obuna haqida signal bermaydi.
- Sizga hech qachon yozmagan odamga birinchi bo‘lib Direct.
- Shaxsiy (Professional bo‘lmagan) akkauntni API orqali ulash.
- Instagram’ning veb-versiyasida tugmalarni ko‘rsatish — u faqat mobil ilovada chiqadi, shuning uchun havola matnda ham tursin.
Akkauntni bloklatmaslik
Eng katta xavf — rasmiy bo‘lmagan xizmatlar: ular login va parolni so‘raydi va Instagram ichida odamni taqlid qiladi. Bu Meta qoidalariga zid va akkaunt cheklanishi mumkin. Rasmiy API orqali ishlaydigan xizmat parol so‘ramaydi, ruxsatni Meta oynasida berasiz va istalgan payt Instagram sozlamalaridan bekor qilasiz.
Chatla Meta App Review tasdiqlagan rasmiy API orqali ishlaydi va yuqoridagi limitlarni kod darajasida ushlab turadi — limitdan oshmaydi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
24 soat o‘tgan mijozga qanday yozaman?
Instagram orqali — faqat u yana yozgandan keyin. Shuning uchun telefon raqamini birinchi suhbatda olish muhim: keyin qo‘ng‘iroq yoki Telegram orqali bog‘lanasiz.
Soatiga 190 dan ko‘p izoh kelsa nima bo‘ladi?
Limitdan ortiq Direct yuborilmaydi — bu Meta qoidasi. Chatla bunday suhbatlarni Inbox’da belgilaydi va Telegram’da xabar beradi, ularga qo‘lda javob berasiz.
Instagram’da rassilka qilsa bo‘ladimi?
Faqat sizga oxirgi 24 soatda yozgan odamlarga. Chatla’da ommaviy xabar funksiyasi yo‘q.
Izohlar va shaxsiy javob