Kurslar va o‘quv markazlar

Kurslar uchun AI-sotuvchi

O‘quv markaz va onlayn kurslarga Instagram va Telegram’da kuniga o‘nlab bir xil savol keladi: kurs narxi, davomiyligi, qachon boshlanadi, onlaynmi yoki oflayn. Chatla bularga kurslar katalogi va bilim bazasidan soniyalarda javob beradi, izoh qoldirganlarga Direct’da bepul material yuboradi va qiziqqanni ehtiyojini aniqlab, telefon raqami bilan CRM’ga yozadi. Menejer faqat tayyor lid bilan gaplashadi.

Mijoz nimani so‘raydi — AI qanday javob beradi

«Kurs qancha turadi?»

Narx, to‘lov variantlari (1 oy, 3 oy) va davomiylik katalogdan; summa katalog bilan tekshiriladi.

«Qachon boshlanadi?»

Guruhlar jadvali, format (onlayn/oflayn), manzil — bilim bazasidan. Jadval o‘zgarsa, bitta yozuvni yangilaysiz.

«Menga qaysi biri mos?»

«Kvalifikator» maqsadida AI daraja va maqsadni so‘raydi, mos kursni taklif qiladi va telefon raqamini oladi.

«Sertifikat beriladimi?»

Bilim bazasida bo‘lsa — javob beradi; bo‘lmasa o‘ylab topmaydi, savolni menejerga Telegram orqali yuboradi.

Kurslar uchun avtomatikalar

  • Reels ostida kalit so‘z («dars», «material») yozganlarga Direct’da bepul dars yoki qo‘llanma havolasi — barcha tariflarda cheksiz.
  • Ixtiyoriy obuna tekshiruvi: material obuna bo‘lgandan keyin yuboriladi.
  • Telegram bot va guruhda ham AI javob; yangi lid kartasi jamoangizning Telegram guruhiga tushadi.
  • Havola bosilgandan keyin belgilangan vaqtda keyingi xabar — masalan, sinov darsiga taklif.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Instagram va Telegram’ni ulang

    Instagram — rasmiy Meta API orqali, Telegram — o‘z botingiz orqali.

  2. 2

    Kurslarni katalogga kiriting

    Har kurs: narx, davomiylik, format, to‘lov variantlari. ChatGPT yoki Claude orqali mavjud jadvaldan ham to‘ldiriladi.

  3. 3

    Voronkani sozlang

    CRM’da bosqichlar: yangi lid → sinov darsi → to‘lov. Sotuv operatori roli faqat faol lidlarni ko‘radi.

Bilish kerak

  • Chatla kurs to‘lovini qabul qilmaydi va o‘quv platformasi (darslar, uy vazifasi) emas.
  • Guruhga yozilishni kalendar bilan bron qilmaydi: AI raqam va qulay vaqtni oladi, menejer tasdiqlaydi.
  • Ommaviy xabar (rassilka) yo‘q.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bepul material uchun obuna majburiy bo‘ladimi?

Yo‘q, obuna tekshiruvi ixtiyoriy — har avtomatikada o‘zingiz yoqasiz yoki o‘chirasiz.

AI kurs haqida o‘ylab topmaydimi?

Yo‘q. AI faqat katalog va tasdiqlangan bilim bazasidan javob beradi; javob topilmasa, savol menejerga o‘tadi.

Telegram’da ham ishlaydimi?

Ha. Telegram bot va guruhlarda AI javob beradi, ikkala kanal suhbatlari bitta Inbox’da.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ