Onlayn do‘kon

Instagram do‘koni uchun AI-sotuvchi

Instagram do‘konida Direct’ning ko‘p qismi bir xil savollar: «narxi qancha», «M razmer bormi», «Samarqandga yetkazasizmi». Chatla bu savollarga katalogingizdan soniyalarda, mijoz tilida (o‘zbek yoki rus) javob beradi: narxni katalog bilan tekshiradi, razmer va rang variantlarini, mavjudligini biladi. Buyurtma uchun telefon raqamini so‘raydi va lidni CRM’ga yozadi, bilmagan savolni esa menejerga uzatadi.

Mijoz nimani so‘raydi — AI qanday javob beradi

«Narxi qancha?»

Narx katalogdan. Javobdagi har summa katalog bilan kod orqali solishtiriladi — eski yoki o‘ylab topilgan narx ketmaydi.

«L razmer bormi?»

Har mahsulotning variantlari (razmer, rang, hajm) va o‘z narxi bo‘ladi; mavjud emas deb belgilangan mahsulotni AI taklif qilmaydi.

«Yetkazib berasizmi?»

Yetkazish, to‘lov usullari, qaytarish shartlari — bilim bazasidan. Ularni bir marta yozasiz yoki Instagram yozishmalaringiz tarixidan Chatla o‘zi chiqaradi.

«Buyurtma beraman»

«Lid yig‘ish» maqsadida AI telefon raqamini so‘raydi, raqam mijoz kartasiga va CRM voronkasiga tushadi, menejer buyurtmani rasmiylashtiradi.

Do‘kon uchun avtomatikalar

  • Reels ostida «narx» deb yozganlarga Direct’da mahsulot havolasi bilan javob — barcha tariflarda cheksiz.
  • Direct menyu: «Narxlar», «Yetkazib berish», «Manzil» tugmalari — bosilganda AI yoki qoida javob beradi.
  • Story’ingizda belgilaganlarga minnatdorchilik xabari.
  • Mijoz mahsulot skrinshotini yoki ovozli xabar yuborsa, Biznes tarifida AI uni tushunib javob beradi.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Instagram’ni ulang

    Meta’ning rasmiy API’si orqali, parolsiz. Biznes yoki Creator akkaunt ishlaydi.

  2. 2

    Katalogni to‘ldiring

    Qo‘lda, yozishmalar tarixidan yoki ChatGPT/Claude orqali narxlar ro‘yxatidan. Kategoriya, variant va rasm qo‘shiladi.

  3. 3

    Maqsadni tanlang

    «Lid yig‘ish» — AI suhbatni telefon raqamiga olib boradi. Kerak bo‘lsa birinchi kunlarda javoblarni Inbox’da kuzating.

Bilish kerak

  • Chatla to‘lovni o‘zi qabul qilmaydi va ombor dasturiga ulanmaydi: mavjudlikni katalogda belgilaysiz, buyurtmani menejer yoki saytingiz rasmiylashtiradi.
  • Ommaviy xabar (rassilka) yo‘q.
  • Instagram’da mijozning oxirgi xabaridan 24 soat o‘tgach birinchi bo‘lib yozib bo‘lmaydi (Meta qoidasi).

Ko‘p so‘raladigan savollar

AI narxni adashtirib yubormaydimi?

Javobdagi har summa katalog bilan kod orqali tekshiriladi. Mos kelmasa javob qayta yoziladi, yana mos kelmasa suhbat menejerga o‘tadi.

Mahsulot tugasa nima bo‘ladi?

Katalogda «mavjud emas» deb belgilaysiz — AI uni taklif qilmaydi. ChatGPT yoki Claude ulangan bo‘lsa, buni chatdan bir gap bilan ham qilasiz.

Bepul tarif do‘konga yetadimi?

Bepul tarifda izoh → Direct avtomatikasi va Direct menyu cheksiz ishlaydi, lekin AI javob yo‘q. Savollarga AI javob berishi uchun Pro yoki Biznes kerak.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ