Ko‘chmas mulk

Ko‘chmas mulk uchun AI-sotuvchi

Quruvchi va agentliklarga Instagram’da reklama ostida yuzlab bir xil savol keladi: «narxi qancha», «necha kvadrat», «muddatli to‘lov bormi», «qaysi tumanda». Chatla bularga obyektlar katalogi va bilim bazasidan soniyalarda javob beradi, «Kvalifikator» maqsadida xaridorning byudjeti, xona soni va muddatini aniqlaydi va telefon raqami bilan CRM voronkasiga yozadi. Menejer reklama oqimini qo‘lda saralamaydi — tayyor lid bilan qo‘ng‘iroq qiladi.

Mijoz nimani so‘raydi — AI qanday javob beradi

«Narxi qancha?»

Obyekt narxi yoki oralig‘i («…dan»), kvadrat metr narxi — katalogdan; summa katalog bilan tekshiriladi.

«Necha kvadrat, nechta xona?»

Har obyektning xususiyatlari (maydon, qavat, xona soni) va variantlari katalogda.

«Muddatli to‘lov bormi?»

To‘lov shartlari, topshirish muddati, manzil — bilim bazasidan.

«Ko‘rishga borsam bo‘ladimi?»

AI raqam va qulay vaqtni so‘raydi, menejer uchrashuvni tasdiqlaydi.

Ko‘chmas mulk uchun avtomatikalar

  • Reklama Reels’i ostida «narx» yozganlarga Direct’da taqdimot yoki planirovkalar havolasi — barcha tariflarda cheksiz.
  • Direct menyu: «Narxlar», «Planirovkalar», «Ofis manzili».
  • Havola bosilishi kuzatiladi: qaysi post qancha odamni taqdimotga olib kelgani ko‘rinadi.
  • amoCRM ishlatayotgan bo‘lsangiz, lid suhbat xulosasi va havolasi bilan u yerga ham tushadi.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Instagram’ni ulang

    Rasmiy Meta API orqali, parolsiz.

  2. 2

    Obyektlarni kiriting

    Har obyekt yoki planirovka: narx yoki oraliq, maydon, xona soni, havola. ChatGPT/Claude orqali narxlar jadvalidan ham to‘ldiriladi.

  3. 3

    «Kvalifikator» maqsadini yoqing

    AI byudjet, muddat va ehtiyojni aniqlaydi, raqam oladi va menejerga uzatadi.

Bilish kerak

  • Chatla obyektlar bazasi yoki e’lonlar sayti bilan avtomatik sinxronlanmaydi: sotilgan obyektni katalogda belgilaysiz.
  • Shartnoma va to‘lovni rasmiylashtirmaydi.
  • Instagram’da 24 soat o‘tgach mijozga birinchi bo‘lib yozib bo‘lmaydi (Meta qoidasi) — shuning uchun AI raqamni birinchi suhbatdayoq oladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Reklama paytida yuzlab xabar kelsa-chi?

AI soatiga 190 tagacha Direct’ga darhol javob beradi (Meta limiti). Undan ortig‘i yuborilmaydi — suhbat Inbox’da belgilanadi va sizga Telegram’da xabar keladi.

Narx tez-tez o‘zgaradi — AI eski narxni aytmaydimi?

AI faqat katalogdagi joriy narxni aytadi va javobdagi har summani katalog bilan tekshiradi. Narxni yangilash — bitta yozuvni o‘zgartirish.

Qaysi post ishlayotganini qanday bilaman?

Avtomatika havolasi bosilishi post bo‘yicha sanaladi, CRM’da esa lidlar voronka bosqichlari bo‘yicha ko‘rinadi.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ