Restoran va kafe

Restoran va kafe uchun AI-sotuvchi

Restoran va kafelarga Instagram va Telegram’da eng ko‘p so‘raladigan savollar: menyuda nima bor, narxi qancha, mening hududimga yetkazasizmi, soat nechagacha ishlaysiz. Chatla bularga menyu katalogi va bilim bazasidan soniyalarda javob beradi, buyurtma yoki stol bron qilish uchun telefon raqamini va qulay vaqtni so‘raydi, lid kartasini esa jamoangizning Telegram guruhiga yuboradi. Kechki tig‘iz soatlarda ham Direct javobsiz qolmaydi.

Mijoz nimani so‘raydi — AI qanday javob beradi

«Menyuda nima bor?»

Katalog kategoriyalar bo‘yicha (Taomlar, Ichimliklar, Desertlar) — AI ro‘yxatni siz bergan tartibda aytadi.

«Lag‘mon qancha?»

Narx va porsiya variantlari katalogdan; summa katalog bilan tekshiriladi.

«Chilonzorga yetkazasizmi?»

Yetkazish hududi, narxi va vaqti — bilim bazasidan.

«Stol band qilsam bo‘ladimi?»

AI odamlar soni, raqam va vaqtni so‘raydi; administrator tasdiqlaydi.

Restoran uchun avtomatikalar

  • Direct menyu: «Menyu», «Yetkazib berish», «Manzil», «Stol band qilish».
  • Yangi taom haqidagi Reels ostida «menyu» yozganlarga Direct’da menyu havolasi — barcha tariflarda cheksiz.
  • Telegram bot ham AI bilan javob beradi; yangi buyurtma so‘rovi jamoa guruhiga tushadi.
  • Story’da sizni belgilagan mehmonga minnatdorchilik xabari.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Instagram va Telegram’ni ulang

    Instagram — rasmiy Meta API orqali, Telegram — o‘z botingiz orqali.

  2. 2

    Menyuni katalogga kiriting

    Rasmli menyu yoki narxlar ro‘yxatini ChatGPT/Claude’ga tashlab, katalogni o‘sha yerdan to‘ldirasiz.

  3. 3

    Maqsadni tanlang

    «Lid yig‘ish» — buyurtma uchun raqam; «Yozilishga taklif» — stol bron uchun raqam va vaqt.

Bilish kerak

  • Chatla buyurtma kassasi yoki yetkazib berish tizimi emas: to‘lov va kuryerga ulanmaydi, buyurtmani operator rasmiylashtiradi.
  • Stol bandligini kalendar bilan tekshirmaydi — administrator tasdiqlaydi.
  • Taom tugasa, katalogda «mavjud emas» deb belgilaysiz — AI uni taklif qilmaydi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Menyu tez-tez o‘zgaradi — har safar qayta yozamanmi?

Faqat o‘zgargan taomni yangilaysiz. ChatGPT yoki Claude ulangan bo‘lsa, «bugun somsa yo‘q» deb yozishning o‘zi yetadi.

AI buyurtmani o‘zi qabul qiladimi?

AI buyurtma tafsilotlari va raqamni yig‘adi, lid jamoangizga Telegram orqali tushadi, buyurtmani operator tasdiqlaydi.

Kechasi ham javob beradimi?

Ha, AI sutkasiga 24 soat javob beradi; ish vaqtidan tashqarida nima deyish kerakligini bilim bazasiga yozasiz.

Kirish kalitlari shifrlanganTo‘lov: Payme · ClickINTEGER MChJ · STIR 308305720 · Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasi 6A
O‘zbekcha · Русский · English© 2026 INTEGER MChJ